Oʻzbekiston futboli vakillari ham Sardoba fojeasidan jabrlanganlarga koʻmak koʻrsatdi

Ushbu xayriyada Oʻzbekiston Milliy terma jamoasi bosh murabbiyi Vadim Abramov, AGMK klubi bosh murabbiyi Mirjalol Qosimov hamda yaqin oʻtmishning mashhur futbolchilari Timur Kapadze va Azizbek Haydarov ishtirok etishdi.
Ushbu vaziyatga befarq boʻlmagan futbolchi va murabbiylar tomonidan katta miqdorda pul mablagʻlari xayriya qilindi. Bugun futbolimiz vakillari ushbu pul mablagʻlari va oziq-ovqat mahsulotlari, kiyim kechaklardan iborat xayriya yuklarini 300 ta oilaga tarqatishdi.
Oʻzbek futbolining mashhur vakillari sardobalik aholi bilan uchrashib, ular bilan suhbatlashgan holda ruhiy dalda berishga harakat qilishdi.
Ushbu xayriya jarayonida Oʻzbekiston milliy terma jamoasi aʼzolari hamda legioner futbolchilarning hissasi katta boʻlganligini taʼkidlab oʻtish zarur. Shuningdek, mahalliy murabbiylar va futbolchilar ham jabrlangan oilalarga yordam koʻrsatishda faol boʻlishmoqda.
Jismoniy tarbiya va sport vazirligi
Matbuot xizmati