TABRIK Xalqaro sport kuni

TABRIK

Xalqaro sport kuni

O'zbekiston qilichbozlik federatsiyasi Xalqaro sport kuni bilan barchani taraqqiyot va tinchlik uchun muborakbod etadi. (International Day of Sport for Development and Peace).

Ma'lumki, 2013 yilning 23 avgust kuni Birlashgan Millatlar Tashkiloti Bosh Assambleyasi xamjihatligida sport va jismoniy faollikning ta'lim, inson salohiyatini rivojlantirish, sog'lom turmush tarzi va xavfsizlik, tinchlikka qo'shgan hissasini e'tirof etib,
6-aprelni xalqaro sport kuni deb e'lon qilingan.
Kunning rasmiy nomi Tinchlik va ezgulikni rivojlanishi  yo’lida Xalqaro sport kuni (International Day of Sport for Development and Peace). 

BMT bosh kotibi Pan gi Mun o'z maktubida jahon hamjamiyatiga murojaat qildi: "Men dunyoning barcha fuqarolarini bu o'sib borayotgan harakatni qo'llab-quvvatlashga va barcha odamlarning hayotini yaxshilash uchun sport imkoniyatlaridan foydalanishga chaqiraman".

Sport inson huquqlarini amalga oshirish, mavjud to'siqlarni bartaraf etish va global miqyosda hamjihatlikni mustahkamlashga xizmat qilishi mumkin.

Sport yoshlarning imkoniyatlarini kengaytirib, salomatligini mustahkamlash va Birlashgan Millatlar tashkiloti teng huquqlilik, o'zaro hurmat va adolat kabi qadriyatlarini mustahkamlashga xizmat qilmoqda. Sport bizga tinchlik g'oyalarini targ'ib qilish, ijtimoiy o'zgarishlarni amalga oshirish va ta'lim, taraqqiyot va tinchlik maqsadlariga erishish yo'lida oldinga siljish, mahalliy, milliy va xalqaro miqyosda hamkorlik, bag'rikenglik, tushunish va ijtimoiy integratsiyani mustahkamlashga yordam beradi.

Xalqaro sport kuni-taraqqiyot va tinchlik uchun har kimdan faol bo'lishni, sog'lom bo'lishni va jismoniy va ijtimoiy masofani bosib o'tish davrida hamjihatlikni namoyon etishni so'raymiz.

Ushbu hamjixatlik ruhi bizni hozirgi kundagi muammolarni bartaraf etish va sport atrofidagi barcha jamoalarni birlashtirishga yordam beradi.