DIQQAT YANGI LOYIHA BIZ BILAN ZERIKMAYSIZ

DIQQAT YANGI LOYIHA

BIZ BILAN ZERIKMAYSIZ

Zerikmaslik uchun, ushbu yangi haftada O'zbekiston qilichbozlik federatsiyasi Milliy terma jamoa a`zolari uchun yangi loyihada ishtrok etishni taklif etadi. Sportchilar jismoniy mashgulotlardan tashqari, o'z tanlovlari asosida qo'shiq yoki she'r tayyorlab, taqdim etishlari kerak bo'ladi.

   Bu sportchilarning intellektual, musiqiy mahoratlarini  aniqlash, shuningdek  qiyin vaziyatlardan chiqish qobiliyati uchun o'ziga xos sinovdir. Buning uchun vazifa - sportchilarimiz 5 kishiga bo'linib bir jamoani tashkil etib, hafta davomida bitta qo'shiq kuylab yoki she`r o'qib berishlari kerak bo'ladi. 

Hakamlar hay'ati O`QF vakillari va murabbiylardan iborat.  Eng yaxshi jamoa tanlab olinadi, ular karantindan so'ng ''kutilmagan sovg'a'' mukofoti bilan taqdirlanadi.

Barcha ishtirokchilarga  omad tilaymiz!

Birinchi ishtirokchimiz - qilichbozlik bo'yicha O'zbekiston  milliy terma jamoa a`zosi  Zaynab Daybekova. U Qoraqalpoq shoiri Ibraiyim Yusupuvning Qaraqalpoq tili haqidagi she`rni taqdim etmoqda.