O'zbekistonlik sport doktorlari va dietologlar delegasiyasi chet elda tajriba oshirib qaytishdi

Sport dietologi sahifasi

 

O'zbekistonlik sport doktorlari va dietologlar

delegasiyasi chet elda tajriba oshirib qaytishdi

 O'zbekistonning sport shifokorlari va ovqatlanish mutaxassilari - dietologlar delegatsiyasi Kiev shahriga (Ukraina) tashrif buyurishdi.

O'zbekiston Milliy Olimpiya qo'mitasi ko'magida Ukraina Milliy jismoniy tarbiya va sport universiteti bilan birgalikda sport doktorlari  va dietologlarining malaka oshirish kursi va ilmiy amaliyot tashkil etildi.

 

— Ukraina Jismoniy tarbiya va sport milliy universitetida tashkil etilgan malaka oshirish kursi va ilmiy amaliyotni taniqli sportchilar, jahon, Evropa va Olimpiya chempionlari bilan ishlaydigan yetuk mutaxassislar olib bordi, — deydi O'zbekiston qilichbozlik federatsiyasining ovqatlanish bo'yicha mutaxassisi, mazkur delegatsiya a'zosi Gulchehra Xasanova. — O'zbekistonlik sport shifokorlari uchun ushbu kurs juda foydali bo'ldi. Kursning asosiy dasturi sportda ovqatlanishning asoslaridan boshlandi.

Ma'lumki, "sportcyining ovqatlanishi" har qanday darajadagi sportchilarni tayyorlash tizimining majburiy qismidir. Agar sportchini metabolik qo'llab-quvvatlash yo'q bo`lsa - natija ham yo'q. O'quv jarayoni va davriylashtirishni tushunmasdan sportchining to’g’ri ovqatlanishini tashkil etib bo`lmaydi.

 

 

— Kursda quyidagi masalalar batafsil yoritilgan: Yo'nalish va mashg'ulotning tabiati, Agar murabbiy bilan bir xil tilda gaplashmasangiz, natija bo'lmaydi? — deya davom etdi Gulchehra Hasanova. — Qanday bo'lmasin, agar murabbiy davriylik haqida hech narsa bilmasa va sizga daftar varag'ida dasturni taqdim etsa, nimani tayinlashni tushunmasdan qanday qilib buni amalga oshirish mumkin? Yani laboratoriya va funksional diagnostikasiz sportchining to`g`ri ovqatlanishini tashkil etish mumkin emas.

 

 

Qilichbozlik federatsiyasining ovqatlanish bo`icha mutaxassisi
G. Xasanovaning so'zlariga ko'ra, (ovqatlanishni psixologik qo'llab-quvvatlash bo'yicha) ma'ruzalar  dosent Nadejda Vysochina, shuningdek, t.f.d. Larisa Gunina tomonidan olib borilgan. Ushbu kurs qatnashchilari prof. V.N. Platonovning "Olimpiya sport turlari bo'yicha sportchilarni tayyorlash tizimi" nomli Ikki jildlik kitobi mazmuni bilan tanishdilar.

Ta'kidlash joizki, O'zbekiston Milliy Olimpiya Qo'mitasi tashabbusi bilan tashkil etilgan milliy sport federatsiyalari va assotsiatsiyalarida faoliyat olib boruvchi sport shifokorlari va ovqatlanish mutaxassilari-dietologlarning ilmiy-uslubiy tayyorgarligiga asoslangan ushbu loyiha, shubhasiz, o'zbekistonlik sport tibbiyoti xodimlarining salohiyatini oshirish borasida yanada samarali xizmat qiladi.

Shu bois ham, bugungi kunda sport shifokorlari, dietologlari faqat yuqori malakali, o`z faoliyatiga sifatli va to'g'ri yondashuvchi bo`lsagina sportchilarimiz katta sport natijalariga erisha oladilar.

 

O'zbekiston qilichbozlik federasiyasy

matbuot xizmati