Qilichbozlarimiz o‘quv yig‘in mashg‘ulotlarida
Qilichbozlarimiz o‘quv yig‘in mashg‘ulotlarida
Shu kunlarda qilichbozlik bo‘yicha O‘zbekiston milliy terma jamoasining sablya yo‘nalishidagi asosiy tarkib sportchilari navbatdagi an'anaviy o‘quv mashg‘ulotlar yig‘inini “Yangiobod sport bazasida” olib borishmoqda.
Ahamiyatlisi, mazkur yig‘in maqsadi sportchilarimizning jismoniy holatini yanada mustahkamlashga qaratilgan.
Ta'kidlash joizki, mashg‘ulotlar jarayoniga kirishidan avval qilichbozlarning salomatliklari federasiya shifokorlari tomonidan muntazam ravishda nazoratdan o‘tkazilmoqda.
Albatta, sportchilar har bir kunni ertalabki badantarbiya mashqlarini bajarish bilan boshlashadi va mazali nonushtadan so‘ng ular umumiy jismoniy tayyorgarlik mashg‘ulotlarini o‘tkazishadi.
Muhimi bu yerda sportchilarning mashg‘ulotlardan so‘ng maroqli hordiq chiqarishlari uchun ham barcha qo‘lay sharoitlar yaratib berilgan.
O’quv mashg’ulot yig’ini 2024 yil 14 iyul sanasigacha davom etadi.
—-