Musa Aymuratov: OTA – ONAMNING ISHONCHI VA ULARNING DUOLARI MENGA KATTA KUCH BERADI

Musa Aymuratov: «OTA – ONAMNING ISHONCHI VA ULARNING DUOLARI MENGA KATTA KUCH BERADI»

Qilichbozlik bo`yicha milliy terma jamoa a`zosi, qilichbozlikning sablya yo’nalishida to’rt karra Osiyo chempioni va koʻp karra Jahon kubogi gʻolibi «Mard oʻgʻlon» davlat mukofoti sohibi Musa Aymuratov bilan suhbat.

1. Qilichbozlik sporti bilan necha yoshdan shug’ulana boshlagansiz va kim sizni bu sport turiga qiziqtirgan?

    - Qilichbozlik sport turi bilan10 yoshimdan buyon shugullanib kelmoqdaman. Meni dastlab boshqa sport turlariga olib borgan akam – Aymuratov Muxammed qilichbozlik sportiga ham olib kelgan. Ma`lum vaqtdan so`ng meni qilichbozlikning sablya turi boyicha shug’ullantirgan murabbiylarim yordamida ularning bu sportga meni qiziqtirishlari bois, qilichbozlik mening eng yaxshi ko`rgan sport turimga aylangan.

2. Oilangizda sportchilar bormi?

     - Oilamizda mendan tashqari sportchilar yo’q, lekin Muxammad akam erkin kurash sporti bilan shug’ullangan va u kichik musobaqalarda, Qoaqalpog’iston chempionatlarida qatnashib bronza medalini qo’lga kiritgan. Akam keyinchalik o’z sport faoliyatini tugatib menga yordam bergan, chunki u meni yetuk sportchi bo’lishimni xohlagan.

3. Trener-ustozlaringiz haqida so’zlab bersangiz.

    - Murabbiyim Ruslan Sultanov men uchun ham do`stim, ham akam, ustozim va 2-otam desam ham bo`ladi. Har bir yomon va yaxshi kunimda meni qo`llab-quvvatlagan insondir. Milliy terma jamoadagi murabbiyim Vladimir Nazlimov ham men uchratgan yaxshi ustoz u biz sportchilarni yiqilsa turib ketadigan, o`zining qat`iy xarakteri bilan uzoqni ko`ra oladigan, kuchli sportchi qilib yetishtirayotgan murabbiylardan biri.

4. Mashg’ulotlarda qiynalib yoki mag`lubiyatga uchraganingizda sportdan ketish fikri bo’lganmi?

    - Mashg’ulotlardan qiynalib va mag’lubiyatga ucharagan paytlarim albatta, sportdan ketish fikri bo’lgan va yosh paytimda boshida bu sport turidan ketganman, deb ham aytolaman. Lekin ayni damda professionallik darajasiga yetib borayotgan bir pallada, xalqaro darajadagi musobaqalarda ma`lum sport yutuqlariga erishayotganim, murabbiyim hamda ota-onamning ishonchlari, har tomonlama qo’llab-quvvatlashgani bois bunday oy`-fikrlardan yiroqdaman.

5. Galabaga erishish uchun sizni nima ruhlantiradi? Nimadan katta kuch olasiz?

- G`alabaga erishish uchun faqatgina ota – onamning ishonchi va ularning men uchun duo qilib o’tirishgani ko`z oldimga keladi va bu menga katta kuch beradi. Muhimi, musobaqalarga ketayotganimda ota-onamning menga - “Bolam senga omad tilaymiz, birinchi o’rinni olgin’’, deyishlari men uchun eng oliy baxt.

7. Bugunga qadar erishgan yutuqlaringiz uchun kimdan va nimalardan minnatdorsiz?
     - Shu kungacha erishgan barcha yutuqlarim uchun albatta, men birinchi trenerimdan, ayni paytda bizni shug’ullantirayotgan terma jamoadagi murabbiylarimdan, bizni tarbiyalagan ota – onamdan, akamdan, biz sportchilarga qulay shroitlarni yaratib, har tomonlama qo’llab-quvvatlayotgan Prezidentimizdan judayam minnatdorman.

 

O`zbekiston qilichbozlik federatsiyasi

Matbuot xizmati