Qilichboz Musa Aymuratov “Mard oʻgʻlon” davlat mukofoti bilan taqdirlandi!

Qilichboz Musa Aymuratov “Mard oʻgʻlon” davlat mukofoti bilan taqdirlandi!
Vatanimizning xalqaro miqyosdagi nufuzini yanada oshirishga munosib hissa qoʻshib kelayotgan bir guruh yoshlarimiz 30-iyun – Yoshlar kuni munosabati bilan davlat mukofotlariga sazovor boʻlishdi.

Quvonarlisi ular orasida qilichbozlikning sablya yo’nalishida to’rt karra Osiyo chempioni va koʻp karra Jahon kubogi gʻolibi Musa Aymuratov “Mard oʻgʻlon” davlat mukofoti bilan taqdirlandi. 
O’zbekiston qilichbozlik federatsiyasi va barcha qilichbozlar nomidan Musa Aymuratovni ushbu yuksak davlat mukofoti bilan tabriklaymiz!
 “Mard o’g’lon” - Musa Aymuratovga ulkan sport yutuqlari va zafarlar tilaymiz!