Sablyachimiz Zaynab Dayibekova Parij-2024 yozgi Olimpiya oʻyinlari litsenziyasini qoʻlga kiritdi

Sablyachimiz Zaynab Dayibekova Parij-2024 yozgi Olimpiya oʻyinlari litsenziyasini qoʻlga kiritdi
Bugun qilichbozlik sportida Parij-2024 yozgi Olimpiya oʻyinlari uchun reyting ochkolarini jamgʻarish davri rasman yakunlandi. Quvonarlisi, sablya boʻyicha Oʻzbekiston terma jamoasi aʼzosi Zaynab Dayibekova ushbu reyting orqali toʻgʻridan toʻgʻri 4 yillikning eng nufuzli musobaqasiga yoʻllanma oldi.

Shu tariqa, Dayibekova faoliyatida ikkinchi bor Olimpiya oʻyinlarining ishtirokchisiga aylanmoqda. Qolgan yoʻnalishlardagi qilichbozlarimiz 27-28-aprel kunlari BAAning Fujayra shahrida oʻtadigan qitʼaviy litsenzion turnir orqali yoʻllanma olishga harakat qilishadi.