Sablyachi qizlarimiz JK sovrindori

Sablyachi qizlarimiz JK sovrindori
Oʻtgan hafta yakuni yosh sablyachilarimiz uchun ham omadli keldi. Ispaniyaning Segoviya shahrida tashkil etilgan Jahon kubogi bosqichida qizlarimiz jamoaviy dasturda uchinchi oʻrinni egallashdi.
Chorak finalda xitoylik qilichbozlarni 45:19 hisobida magʻlub etgan hamyurtlarimiz yarim finalda AQSHga 27:45 hisobida imkoniyatni boy berishdi. Bronza medali uchun kechgan murosasiz bahsda esa Italiya jamoasi 45:41 hisobida taslim etildi. Musobaqada terma jamoamiz safida Xanchjou-2022 Osiyo oʻyinlari gʻoliblari Gulistan Perdibayeva hamda Fernanda Errera, oʻsmirlar oʻrtasidagi jahon chempionati sovrindori Nargiza Jaksibayeva, shuningdek, Samira Shokirova harakat qilishdi.
Eslatib oʻtamiz, Toshkent mezbonlik qilgan shpagachi qizlar bahsida ham yurtdoshlarimiz shohsupaning uchinchi pogʻonasidan joy olishgan edi.