Qilichbozlarimiz xalqaro oʻquv-mashgʻulot yigʻinida

Qilichbozlarimiz  xalqaro oʻquv-mashgʻulot yigʻinida
Ayni kunlarda qilichbozlikning sablya yoʻnalishi boʻyicha Oʻzbekiston terma jamoasi aʼzolari Vengriyaning Budapesht shahrida xalqaro oʻquv-mashgʻulot yigʻinida faol ishtirok etishmoqda. Mashgʻulotlarda o’z sport maxoratlarini oshirayotgan Zaynab Dayibekova, Sherzod Mamutov hamda Musa Aymuratov 12-14-yanvar kunlari Parij-2024 Olimpiadasi uchun reyting ochkolarni taqdim etuvchi Tunisda bo’lib oʻtadigan Gran-pri musobaqasida ishtirok etadi.