Sablyachilarimiz xalqaro yig’inda Qilichbozlikning sablya yoʻnalishi boʻyicha Oʻzbekiston terma jamoasi yetakchilari, yakkalik dasturda Parij-2024

Sablyachilarimiz xalqaro yig’inda
Qilichbozlikning sablya yoʻnalishi boʻyicha Oʻzbekiston terma jamoasi yetakchilari, yakkalik dasturda Parij-2024 yoʻllanmasi uchun kurash olib borayotgan Zaynab Dayibekova, Sherzod Mamutov hamda Musa Aymuratov Vengriyaga yoʻl olishdi. Hamyurtlarimiz ushbu shaharda xalqaro oʻquv-yigʻin mashgʻulotida ishtirok etishadi.

Xalqaro qilichbozlik federatsiyasi (FIE) taqvimiga koʻra, Budapesht 6-7-yanvar kunlari yoshlar oʻrtasidagi Jahon kubogi bosqichiga mezbonlik qiladi. Mazkur musobaqa doirasida M.Aymuratov oʻz omadini sinab koʻradi. Vengriya yigʻini yakuniga yetganidan soʻng yurtdoshlarimiz 10-yanvar kuni Tunisda oʻtadigan kattalar oʻrtasidagi Gran-pri turniriga yoʻl olishadi.