MO OCh: sablya bo’yicha kuchli terma jamoalar aniqlandi

MO OCh: sablya bo’yicha kuchli terma jamoalar aniqlandi
Bugun qilichbozlik bo‘yicha Markaziy Osiyo ochiq chempionati doirasida sablya bo‘yicha jamoaviy bahs bo‘lib o‘tdi.
Shunday qilib, “U-13” yosh toifasidagi sportchilardan iborat terma jamoalar musobaqa chempionligi uchun kurash olib borishdi.
Qoraqalpog‘iston hamda respublikamiz viloyatlari va Toshkent shahri jamoalari o‘rtasida kechgan bahsning yakuniy natijalariga ko‘ra quyidagi jamoalar g‘oliblik shohsupasi pog‘onasiga ko‘tarildi;
"U-13", o'g'il bolalar;
1. O‘zbekiston 1
2. Qoraqalpog‘iston 1
3. Jizzax 1
3. Qoraqalpog‘iston 7
Qizlar:
1. Qoraqalpog‘iston 3
2. O‘zbekiston 1
3. O‘zbekiston 3
3. Qoraqalpog‘iston 1
Ta’kidlash joizki, taqdirlash marosimida ushbu chempionatning yakkalik bahslarida g‘olib bo‘lgan, ya’ni oltin medal sohiblariga qilichbozlik niqoblari topshirildi.
Ushbu musobaqaning barcha g'oliblarini tabriklaymiz!