Sablyachi qilichbozlarimiz Moskva shahriga yo’l oldi

Sablyachi qilichbozlarimiz Moskva shahriga yo’l oldi
Qilichbozlikning sablya yo’nalishi bo’yicha milliy terma jamoa a'zolari
Rossiyaning Moskva shahrida bo’lib o’tadigan xalqaro o’quv-yig’in
mashg’ulotida ishtirok etish uchun jo’nab ketdi. 
O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021 yil 5 noyabrdagi “2024 yil Parij shahri (Fransiya)da bo’lib o’tadigan XXXIII yozgi Olimpiya va XVII Paralimpiya o’yinlariga O’zbekiston sportchilarini kompleks tayyorlash to’g’risida”gi PK,-5281-son qarori ijrosini ta'minlash maqsadida hamda Rossiya qilichbozlik federasiyasining taklif xatiga ko’ra 2023yil 21-30 noyabr kunlari qilichbozlikning sablya yo’nalishi bo’yicha O’zbekiston milliy terma jamoa a'zolari Moskva shahrida bo’lib o’tadigan xalqaro yig’inda ishtirok etadi.