O’zK: sablya yo’nalishi bo’yicha yoshlar o’rtasida g’oliblar aniqlandi

O’zK: sablya yo’nalishi bo’yicha yoshlar o’rtasida g’oliblar aniqlandi
Qilichbozlik bo’yicha yoshlar o’rtasida o’tkazilayotgan O’zbekiston Kubogi doirasida sablya yo’nalishida g’oliblar aniqlandi. 
Qizlar va o’g’il bolalar o’rtasida o’tkazilgan yakkalik musobaqasida 1-o’rinni Nukus olimpiya va paralimpiya sport turlariga tayyorlash Markazi sportchilari - Usnatdinova Dilnaz va Turganbayev Nurkeldi egallashdi hamda oltin medalga sazovor bo’lishdi.
Respublika kubogi uchun qiziqarli va qizg’in kechgan bahslar yakunida quyidaqi sablyachi - sportchilar g’alaba shohsuppasidan o’rin olishga muvaffaq bo’ldi;
Yoshlar toifasi:
Qizlar;
1. Usnatdinova Dilnaz - NOPSTTM
2. Utebayeva Nargiz - NOPSTTM
3. Shamuratova Aygul - National Club
3. Bekbauliyeva Tulkinay - NOPSTTM
O’g’il bolalar;
1. Turganbayev Nurkeldi - NOPSTTM
2. Karimboyev Azizbek - Toshkent viloyati
3. Utambetov Kurbannazar Qoraqalpog’iston
3. Urakbayev Alpamis - Qoraqalpog’iston