Shpaga buyicha yoshlar terma jamoasi jahon Kubogida ishtirok etish uchun Peruga hamda Gruziyaga jo‘nab ketishdi 2023y.

Shpaga buyicha yoshlar terma jamoasi jahon Kubogida ishtirok etish uchun Peruga hamda Gruziyaga jo‘nab ketishdi
2023y.
17-20 noyabr kunlari Peruning Lima shahrida yoshlar o‘rtasida bo‘lib o‘tadigan Jahon Kubogida  shpaga yo’nalishi bo’yicha qizlar terma jamoasi quyidagi tarkibda ishtirok etishadi;
1. Murzataeva Dilnaz
2. Egamberdieva Shaxzoda
3. Saparova Bibimaryam. 
Qizlarimizga trener Xose Benavides hamroxlik qilmoqda. 
Ayni shu yo‘nalishdagi yosh yigitlar o‘rtasida joriy yil 18-20 noyabr kunlari Gruziyaning Tbilisi sh.da bo‘lib o‘tadigan Jahon Kubogida milliy terma jamoa a'zolari;
1. Timurov Meirxan
2. Ismoilov Kamron
3. Olimjonov Umar
4. Turishev Iskandar
5. Fayziev Axmad
6. Kudaybergenov Azamat
7. Apsetterov Jaxanshax qatnashadi. Sportchilarimiz mazkur turnirda trenerlar Ruslan Kudaev va Baxtiyor G‘aniev rahbarligida bahslarga kirishishadi. 
Shuningdek o‘zbekistonlik yosh xalqaro toifadagi referi Zaynab Usmanova ushbu musobaqada hakamlik qiladi.
Qilichbozlarimizga omad va g‘alaba yor bo‘lsin!