Qilichbozlarimiz jahon Kubogiga jo‘nab ketishdi

Qilichbozlarimiz jahon Kubogiga jo‘nab ketishdi
Qilichbozlikning sablya turi bo‘yicha O‘zbekiston yoshlar terma jamoasi 2023-yilning 18-20-noyabr kunlari Tunisda bo‘lib o‘tadigan Jahon Kubogi ???? uchun kurash olib borishadi.
Ushbu nufuzli turnirda terma jamoamiz tarkibidagi quyidagi sportchilar bahs olib boradi;
1. Qodirov Zuxriddin
2. Aymuratov Muso
3. Abdazov Islombek
4. Dauletnazarov Azizbek
5. Abdukarimbekov Sardor. Atletlarimiz trenerlar- Yo'ldoshev Yorqin va Priemko Valeriy rahbarligida musobaqada qatnashadi. 
Eslatib o‘tamiz, qilichbozlik bo‘yicha qizlar o‘rtasidagi Jahon kubogi musobaqasi 18-19 noyabr kunlari mamlakatimiz poytaxti  Toshkent shahrida bo‘lib o‘tadi.
Barcha sportchilarimizga muvaffaqiyat va yorqin g'alabalar tilaymiz!