MATBUOT XABARI

O‘zbekiston Qilichbozlik federatsiyasi tashabbusi bilan 2023-yil 14-noyabr kuni Milliy olimpiya qo'mitasida ommaviy axborot vositalari vakillari uchun matbuot anjumani o‘tkazildi.

 Mazkur tadbirda OAV uchun qilichbozlik bo‘yicha o‘smirlar o‘rtasida bo‘lib o‘tgan Jahon Kubogi bosqichlarida milliy terma jamoamiz a‘zolari qo‘lga kiritgan yuqori sport natijalariga hamda 18-19-noyabr kunlari Toshkentda qilichbozlikning sablya yp‘nalishi bo‘yicha o‘smir qizlar o‘rtasida bo‘lib o‘tadigan Jahon Kubogi musobaqasiga doir ma‘luvotlar berildi.

Tadbirda O`zbekiston Qilichbozlik federatsiya rahbariyati, O‘zbekiston Respublikasi Yoshlar siyosati va sport vazirligi, O‘zbekiston Milliy Olimpiya Qo‘mitasi vakillari, federatsiya mas'ul xodimlari, trenerlar, qilichbozlik sporti faxriylari, qilichbozlik milliy terma jamoasi a‘zolari hamda ommaviy axborot vositalari vakillari ishtirok etdi.

Matbuot anjumani chog‘ida, so`ngi yillarda mamlakatimizda spo`rtni rivojlantirish, shu qatorda qilichbozlik sportini ommalashtirish yo‘lida olib borilayo‘tgan keng qamrovli samarali ishlar ta‘kidlandi. Jumladan yosh avlodning sog'lom turmush tarzini olib borishi va sport bilan muntazam shug`lullanishi uchun mamlakatimizning barcha hududlarida yaratilayotgan qulay sharoitlar alohida qayd etildi.

Xususan, O‘zbekiston qilichbozlik federatsiyasi tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Yoshlar siyosati va sport vazirligi, O‘zbekiston Milliy Olimpiya Qo`mitasi ko`magida, aniq maqsadlarga yo`naltirilgan ishlar olib borilmoqda. Qilichbozlik federatsiyaning joylardagi hududiy bo'limmalarining moddiy texnika bazasini mustahkamlash, shuningdek trenerlar faoliyatini rag'batlantirish kabi ishlar tizimli ravishda amalga oshirilmoqda. Mamlakatimiz hududlarida muntazam mintaqaviy o`quv-mashg`ulot yig`inlari hamda O`zbekiston Milliy terma jamoasi uchun xalqaro va sayyor yig`inlar tashkil etilmoqda, albatta, bu o`z navbatida iste‘dotli sportchilar-chempionlarni aniqlash va tayorlash imkonini beradi.

Sentyabr oyidan boshlsb yoshlsr terma jamoasida 2023-2024 yy. yangi mavsumi boshlandi. Joriy yil noyabr oyining boshida qilichbozlikning barcha yo‘nalishlari bo`yicha turli mamlakatlarda, jumladan San-Salvador, Eron, Bahrayen, Turkiya, Shvetsariya va Jazoirda yoshlar va kattalar o`rtasida Jahon kubogi bosqichlari bo`lib o`tdi. Mazkur turnirlar O`zbekiston yoshlar terma jamoalari tarkibi hamda milliy terma jamoa tarkibi uchun ham reyting ochkolarni taqdim etadi. Qilichbozlar o`z hisoblarga jahon reytingi shuningdek Parij-2024 Olimpiya O‘yinlari uchun ham qimmatli ochkolarni jamg`arish imkoniyatiga egadir. Yoshlsr hamda kattalar turnirlarida O`zbekistonni yoshlar jamoasi taqdim etmoqda.

Qilichbozlik tarixida yoshlar terma jamoasi vakillarining joriy yilda o`tkan Jahon kubogi bosqichlarida yakkalik va jamoaviy bahslarda sablya va shpaga yo`nalishlari bo`yicha jami 6 ta oltin va 2 ta bronza medallarini qo`lga kiritishi bu yilning eng yaxshi natijalaridan biri bo`ldi.

Ushbu Jahon kubogi bosqishlari doirasidagi musobaqalarda qilichbozlar erishgan g`alabalar va sovrinli o`rinlar katta tajriba oshirish bilan bir qatorda sportchilarga o`zlarining Jahon reytingini yuksaltirish imkonini beradi.

Ta’kidlash joizki bizning yoshlar terma jamoamiz qilichbozlikning barcha turida yuqori natija ko`rsata oldi. Misol uchun Bahraynda o`tkazilgan musobaqada ayollar o`rtasidagi sablya bo`yicha bahslarda bizning yosh qilichboz qizlarimiz yakkalik bahsida bitta oltin va bitta bronza medalini qo`lga kiritdi. Xususan, Osiyo O`yinlari Xanchjou – 2022 g`olibi Gulistan Perdibayeva muvaffaqqiyatli chiqish qilib, oltin medalni qo`lga kiritdi. Osiyo O`yinlarining yana bir qaxramoni Fernanda Errera Jahon kubogi bosqichida bronza medalini qo`lga kiritdi.

Sablya bo`yicha ushbu turnirda qizlarimiz terma jamoasi – Gulistan Perdibayeva, Fernanda Errera, Nargiza Jaxsibayeva va Samira Shakirovalar barcha raqiblarini yengib o`tib, final bahsida ular Bolgariya terma jamoasini 45:30 hisobi bilan mag`lub etdi va shu tariqa g‘alaba shoxsuppasining birinchi pog`onasidan o`rin egalladi.

Eron poytaxti Texron shaxrida bo`lib o`tgan erkaklar o`rtasidagi sablya yo`nalishi bo`yicha Jahon kubogi bosqichida O`zbekistonlik Islambek Abdazov oltin medal sohibi bo`ldi. Final bosqichida u quvaytlik Muhammad Abdulkarim ustidan
15:6 hisobi bilan g`alaba qozondi. Jamoaviy yo`nalishda yoshlar terma jamoamiz vakillari ham sablya yo`nalishida yuqori pog`onani egallashdi. Islombek Abdazov, Azizbek Dauletnazarov va Sardor Abdukarimbekov nufuzli turnirning final bosqichigacha yetib kelishdi. Hal qiluvchi final bahsida yoshlarimiz Turkiya terma jamoasini 45:42 hisobi bilan mag`lub etdi.

San-Salvadorda shpaga bo`yicha qizlar o`rtasida bo`lib o`tkan Jahon kubogi bosqichida Xanchjou-2022 Osiyo o`yinlari sovrindori Dilnaz Murzatayeva barcha raqiblarini dog`da qoldirib oltin medalni qo`lga kiritdi. Yana bir shpagachi hamyurtimiz Bibimaryam Safarova yarim finalda Murtazayevaga bahsni
14:15 hisobi bilan boy berdi va shu tariqa u bronza medaliga sazovor bo`ldi.

Shuningdek jamoaviy bahslarda rapirachilarimiz ham munosib natijalarni ko`rsatishdi. Turkiyada bo`lib o`tgan Jahon kubogi bosqichida rapirachi yigitlarimiz jamoasi tarixda ilk bor yuqori natijani qayd etishdi. Ular jahonda eng kuchli terma jamoalar bo`lgan AQSH, Italiya va Fransiya jamoalaridan keyin Jahon reytingida 4-pog`onani egallashdi.

Xozirda turli mamlakatlarda qilichbozlik bo`yicha kattalar o`rtasida Jahon kubogi bosqichlari bo`lib o`tmoqda. Ushbu musobaqalar qilichbozlar uchun Parij – 2024 Olimpiyada O`yinlari uchun qimmatli reyting ochkolarini taqdim etishi bilan ahamiyatlidir.

Matbuot anjumanida tadbir ishtirokchilariga 19-18 noyabr kunlari Toshkentda sablya bo`yicha o‘smir qizlar o`rtasida bo`lib o`tadigan Jahon kubogi haqida ma`lumot berildi. Albatta mazkur, xalqaro turnirda terma jamoamiz vakillari sovrinli o`rinlar uchun kurash olib borishadi.

Tadbir yakunida ommaviy axborot vositalari vakillari va ishtirokchilar o`zlarini qiziqtirgan savollarga to`laqonlik javoblar oldi.

                                                                                                                                                                                                                                                                O`QF.Matbuot xizmati