Shpagachilar 2023-yil 05-17-noyabr kunlari Andijonda o’quv yig’in mashg’ulotlarini o’tashmoqda

Shpagachilar 2023-yil 05-17-noyabr kunlari Andijonda o’quv yig’in mashg’ulotlarini o’tashmoqda

Andijon viloyatidagi Qilichbozlik majmuasida shpaga yonalishi bo’yicha o’quv yig’in mashg’ulotlari bo’lib o’tmoqda. Ushbu mashg’ulotlarda Andijon, Namangan, Farg’ona, Chirchiq hamda Respublika OPSTT Markazlari, shuningdek Qoqon va Chirchiq shaharlari sport maktabi, Tojikiston Respublikasidan tashrif buyurgan jami 60 nafardan ortiq sportchilar ishtirok etmoqda.
Mazkur o’quv yig’in mashg’ulotlar davomida yosh sportchilar o’z maxorat va bilimlarini takomillashtirib bormoqda. 
Shu bilan bir qatorda trener-murabbiylar ham o’zaro tajriba  almashib, malaka oshirishmoqda.
Zero, bu kabi mintaqaviy yig’n mashg’ulotlari kelgusida milliy terma jamoamiz safiga yangi yulduzlarni kashf qilib berishi tayin.