Joriy yil 9 noyabr kunidan boshlab dunyoga mashxur mamlakatlarda qilichbozlik bo‘yicha kattalar o‘rtasida Jahon kubogining navbatdagi bosqich bellashuvlariga start beriladi.

Joriy yil 9 noyabr kunidan boshlab dunyoga mashxur mamlakatlarda qilichbozlik bo‘yicha kattalar o‘rtasida Jahon kubogining navbatdagi bosqich bellashuvlariga start beriladi.

Parij-2024 Olimpiadasi uchun reyting ochkolari o‘ynaladigan musobaqalarda O‘zbekiston terma jamoasi vakillari ham ishtirok etishadi. Quyida yurtdoshlarimiz qatnashadigan yo‘nalishlar, manzillar va sanalar bilan tanishib chiqing: 

9-11 noyabr: Sablya, Jazoir.
Erkaklar: Musa Aymuratov, Sherzod Mamutov
Ayollar: Zaynab Dayibekova 

10-11 noyabr: Shpaga, Shveysariya 
Erkaklar: Javohirbek Nurmatov, Meyirxan Timurov 

10-12 noyabr: Rapira, Turkiya 
Erkaklar: Muhammad Yusuf Asranov, Jamoliddin Maripjonov, Ilyosbek Maripjonov, Ilyas Molina, Radmir Semeneyev, Ulug‘bek Usmonov.