Xushxabar!

Xushxabar!
Bugun Bahraynning Manama shahri mezbonlik qilayotgan qilichbozlikning sablya yo’nalshi bo’yicha qizlar o’rtasidagi Jahon Kubogi bosqichining jamoaviy dasturida ham O’zbekiston terma jamoasi  tarkibi- Nargiza Jaksibayeva, Gulistan Perdibayeva,  Fernanda Errera va Samira Shakirovalar g’alaba qozondi.

Quvonarlisi, sablyachi qizlarimiz yuksak mahorat ko’rsatib, oltin medal va jahon Kubogini qo’lga kiritdi. 
Eslatib o’tamiz kuni kecha
ushbu yo’nalishdagi bahslarda Xanchjou-2022 Osiyo o’yinlari g’olibi Gulistan Perdibayeva barcha raqiblarini mag’lub etib, ushbu JK oltin medalga sazovor bo’lgan edi. Shuningdek, Osiyo o’yinlarining kashfiyotlaridan yana biri Fernanda Errera ham ushbu JK bronza medali sohibiga aylandi.
Barakalla qilichbozlarimiz! G’alabalar muborak!