Sablyachi yigitlarimiz jamoasi jahon kubogida g’alaba qozondi

Sablyachi yigitlarimiz jamoasi jahon kubogida g’alaba qozondi
Bugun Eron poytaxti Tehron shahrida sablya boʻyicha yigitlar oʻrtasida bo’lib o’tgan jamoaviy bellashuvlarda milliy terma jamoamiz vakillari Abdazov Islоmbek,
Abdukarimbekov Sardor,
Dauletnazarov Azizbek oltin medalni qo’lga kiritdi.
Dunyoning eng kuchli jamoalarini engib, termamiz murosasiz kechgan final jangida Turkiya terma jamoasini 45:42 hisobi bilan mag’lub etdi va Jahon kubogini qo’lga kiritishdi. 
Eslatib o’tamiz mazkur musobaqada yakkalik bahsida ishtirok etgan Oʻzbekiston terma jamoasi aʼzosi Islombek Abdazov oltin medalni qoʻlga kiritgan edi.
Barcha sporychilarimizga Vatanimiz bayrog’ini hamisha yuqori ko’tarib yurish nasib qilsin!