Qilichbozlik bo‘yicha O‘zbekiston kubogi g‘oliblari aniqlandi

Qilichbozlik bo‘yicha O‘zbekiston kubogi g‘oliblari aniqlandi

Qilichbozlik bo‘yicha kattalar o‘rtasidagi O‘zbekiston kubogi musobaqasi doirasida yakkalik bahslarida mamlakatimizdan 80 nafarga yaqin sportchi, jumladan, 32 nafari qizlar ishtirok etdi.
Qilichboz sablyachilar o‘rtasida Qoraqalpog‘istonlik sportchi Azizbek Dauletnazarov o‘zini ko‘rsatib, oltin medal sohibiga aylandi.
Qilichboz qizlar o‘rtasida esa Samira Shokirova barcha raqiblarini mag‘lub etib, g‘alaba shohsupasidan birinchi o‘rinni egalladi.
Yakuniy natijalar:
Yigitlar - 44 nafar sportchi;
1. Dauletnazarov Azizbek
2. Abdazov Islombek
3. Qodirov Zuxriddin
3. Kenesboyev Nursulton
Qizlar - 32 atletlar;
1. Shokirova Samira
2. Usnatdinova Aisulu
3. Qo‘ng‘ratboyeva Nargiza
3. Qurbonova Karina
Erkaklar va ayollar jamoalari o‘rtasidagi bahslarda Qoraqalpog‘iston terma jamoalari eng kuchli deb topildi va O‘zbekiston kubogini qo‘lga kiritdi.
Jamoalarning yakuniy natijalari;
Ayollar:
1. Qoraqalpog‘iston
2. Jizzax 1
3. Toshkent 1
3. Toshkent 3
Erkaklar:
Qoraqalpog'iston 1
Qoraqalpog'iston 2
Toshkent 1
Toshkent 3