Poytaxtimizda qilichbozlik bo‘yicha kattalar o‘rtasida O‘zbekiston Respublikasi kubogi musobaqasi boshlandi

Poytaxtimizda qilichbozlik bo‘yicha kattalar o‘rtasida O‘zbekiston Respublikasi kubogi musobaqasi boshlandi

Bugun poytaxtimizdagi “Paxtakor” sport majmuasida qilichbozlik bo‘yicha O‘zbekiston kubogi bahslari boshlandi. Ushbu turnir 2023 yilning 22 oktyabridan 28 oktyabriga qadar bo'lib o'tadi.

Musobaqalar qilichbozlikni O'zbekistonda yanada ommalashtirish va targ'ib qilish, uning ommaviy rivojlanishiga ko'maklashish maqsadida o'tkazilmoqda. 
Shuningdek, asosiy maqsad milliy terma jamoa uchun zaxiralarni tayyorlash,
qilichbozlarning sport mahoratini oshirish, o‘rtoqlik va sport aloqalarini rivojlantirish va mustahkamlashga qaratilgan. 
Musobaqaning birinchi kunida sablyachilar mamlakat birinchiligi uchun kurash olib boradi.
O’zK dasturi:
22 oktyabr - sablya erkaklar va ayollar - shaxsiy
23 oktyabr - sablya erk. va ayol. - jamoa
24 oktyabr - erk. va ayol. rapira - shaxsiy
25 oktyabr - erk. va ayol. rapira - jamoa
26 oktyabr - erk. va ayol. shpaga - shaxsiy
27 oktabr - erkaklar va ayollar shpaga - jamoa