21-22-oktyabr kunlari Turkiyada qilichbozlik bo‘yicha “Satellite” tasnifiga kiruvchi navbatdagi musobaqa bo‘lib o‘tadi.

21-22-oktyabr kunlari Turkiyada qilichbozlik bo‘yicha “Satellite” tasnifiga kiruvchi navbatdagi musobaqa bo‘lib o‘tadi.

Istanbul shahri mezbonlik qiladigan turnirda rapira va sablya bo‘yicha yakkalik bahslari tashkil etiladi va unda Parij-2024 Olimpiadasi uchun reyting ochkolari o‘ynaladi. 

Dasturga ko‘ra, bugun sablyachilar o‘rtasida g‘olib va sovrindorlar aniqlanadi. Unda O‘zbekiston terma jamoasi a’zolaridan Musa Aymuratov hamda Sherzod Mamutov jang qilishadi. Ertaga rapira qurolida kechadigan bellashuvlarda Umida Ilyasova yurtimiz sharafini himoya qiladi.