Sherzod Mamutov “Satellite” turniri sovrindori

Sherzod Mamutov “Satellite” turniri sovrindori 

Ma’lum qilganimizdek, Gruziya poytaxti Tbilisi shahrida qilichbozlikning sablya yo’nalishi bo’yicha “Satellite” xalqaro turniri o’tkazildi. Unda ishtirok etgan O’zbekiston terma jamoasi a’zosi Sherzod Mamutov bronza medaliga sazovor bo’ldi. Hamyurtimiz yarim finalda fransiyalik raqibiga imkoniyatni boy berdi va uchinchi o’rinni egalladi. Ushbu natija Mamutovga Parij-2024 Olimpiadasi reytingi uchun qimmatli ochkolarni taqdim qiladi.

???? Kshishtof Kachkovski (Polsha) 
???? Tomas Martin (Fransiya)
???? Sherzod Mamutov (O’zbekiston)
???? Enver Yildirim (Turkiya)