Buyukbritaniyalik Stutchbury Carolina “Satellite” xalqaro turnirining oltin medaliga sazovor bo’ldi

Buyukbritaniyalik Stutchbury Carolina “Satellite” xalqaro turnirining oltin medaliga sazovor bo’ldi
Toshkentda oʻtkazilgan qilichbozlikning rapira yoʻnalishi boʻyicha “Satellite” xalqaro turnirining ayollar oʻrtasidagi yakkalik dasturida g’olib va sovrindorlar aniqlandi. 
Eslatib oʻtamiz, mazkur musobaqada 13 mamlakatdan tashrif buyurgan qilichbozlar medallar uchun kurash olib bordi va ushbu turnir Parij-2024 Olimpiya oʻyinlari yoʻllanmasi uchun reyting ochkolarini taqdim etdi. Biroq, bahslarda O’zbekistonlik qilichboz qizlarimizga omad kulib boqmadi. 
Turnir shohsupasidan quyidagi sportchilar o’rin egalladi:
1. ????Stutchbury Carolina - GBR (Buyukbritaniya)
2. ????Chan Nok Sze Daphne - HKG (Conkong)
3. ????Brugger Lilli Maria - AUT (Avstriya)
3. ????Aktayeva Sofiya (KAZ)