“Satellite” turnirining birinchi kungi bahslari yakunlandi

“Satellite” turnirining birinchi kungi bahslari yakunlandi
Bugun “Satellite” xalqaro turnirining 1-kunida erkaklar oʻrtasida gʻoliblar aniqlab olindi. Afsuski, unda Oʻzbekiston terma jamoa aʼzolari shohsupaga koʻtarila olmadi. Hamyurtlarimiz orasida eng yaxshi natijani Muhammadyusuf Asranov qayd etdi. U chorak finalgacha yetib keldi. Gʻolib va sovrindorlar roʻyxati quyidagicha koʻrinish oldi:
1. Borna Spolyar (Xorvatiya)
2. Kamal Minnot (Buyuk Britaniya). 
3. Remi Brunner (Shveysariya) 
3. Salim Xeroui (Jazoir)