Toshkentda qilichbozlikning rapira yoʻnalishi boʻyicha “Satellite” xalqaro turniri boshlandi

Toshkentda qilichbozlikning rapira yoʻnalishi boʻyicha “Satellite” xalqaro turniri boshlandi. Erkaklar va ayollar oʻrtasida yakkalik dasturida oʻtkazilayotgan mazkur musobaqada 13 mamlakatdan tashrif buyurgan qilichbozlar medallar uchun kurash olib borishyapti. Eslatib oʻtamiz, turnir Parij-2024 Olimpiya oʻyinlari yoʻllanmasi uchun reyting ochkolarini taqdim etadi. Dasturga koʻra, bugun erkaklar oʻrtasida gʻolib va sovrindorlar aniqlab olinadi. Unda Oʻzbekiston terma jamoasining 12 nafar aʼzosi ishtirok etmoqda. Ayni daqiqalarda saralash bosqichi doirasidan oʻrin olgan janglar oʻtkazilyapti.