Qilichbozlarimiz yorqin g‘alabalar bilan yurtimizga qaytishdi

Qilichbozlarimiz yorqin g‘alabalar bilan yurtimizga qaytishdi
Xanchjou-2022 Osiyo o’yinlarida ishtirok etgan qilichbozlik bo’yicha O’zbekiston milliy terma jamoasi a’zolari hamda sablya va shpaga yonalishlarida tarixiy g’alaba qozongan qilichboz qizlarimiz Islom Karimov nomidagi Toshkent xalqaro aeroportida tantanali kutib olindi. 
Avval xabar berilganidek qilichbozlikning shpaga yonalishida ilk bor 17 yoshli Dilnaz Murzatayeva Osiyo o’yinlarining bronza medaliga sazovor boldi. Shuningdek sablya yo’nalishi bo’yicha O’zbekiston ayollar terma jamoasi final jangida yaponiyalik raqiblarini mag’lubiyatga uchratib, Osiyo o’yinlari chempioniga aylanishdi. 
Bu qilichbozlik sportida Osiyo o’yinlarida qo’lga kiritilgan birinchi oltin medal. 
Barcha g’oliblarimizni erishgan yuqori sport natijalari va medallar bilan tabriklaymiz!