Xanchjou-2022: Sablyachi qizlarimiz finalda!

Xanchjou-2022: Sablyachi qizlarimiz finalda!

Qilichbozlikning sablya yo’nalishi bo’yicha O’zbekiston ayollar terma jamoasi o’zining muvaffaqiyatli yurishini davom ettirmoqda. Zaynab Dayibekova, Gulistan Perdibayeva hamda Paola Pliyegodan iborat jamoamiz finalga yo’l oldi. Hamyurtlarimiz shiddatli yarim final jangida Xitoy ustidan 45:43 hisobida g’alaba qozonib, oltin medal uchun maydonga chiqadigan bo’lishdi.
Qilichbozlik boʻyicha Oʻzbekiston terma jamoasi Osiyo oʻyinlarida ilk bor finalga yoʻl oldi. Singapur va Xitoy magʻlub etilgandan soʻng oldinda Yaponiyaga qarshi muhim bahs kutib turibdi. Boʻlajak finalda qizlarimizga omad tilaymiz!