Hush хabar-О’zbekistonlik xalqaro hakam Dilorom Turdikulova qilichbozlik xalqaro federatsiyasi -FIE ning qaroriga asosan jahondagi kuchli hakamlar uchtaligi tarkibiga kiritildi.

Hush хabar-О’zbekistonlik xalqaro hakam Dilorom Turdikulova qilichbozlik xalqaro federatsiyasi -FIE ning qaroriga asosan jahondagi kuchli hakamlar uchtaligi tarkibiga kiritildi. 

Xabaringiz bor, ayni kunlarda Xitoyda Xanchjou-2022 Osiyo O’yinlari boʼlib oʼtmoqda.

Unda qilichbozlik boʼyicha terma jamoamiz vakillari ham yurtimiz sharafini himoya qilishmoqda. Shu bilan birga, mazkur Osiyo o’yinlar doirasidagi musobaqalarda hamyurtimiz Dilorom Turdikulova final bahslarda hakamlik qilmoqda. 

Quvonarli jihati shundaki, uning xalqaro toifadagi professional hakamlik darajasi FIE tomonidan yuqori baholanib, qilichbozlikning shpaga yo’nalishi bo’yicha eng kuchli hakamlarning uchtalik tarkibiga kiritildi. 

Shu munosabat bilan O’zbekiston qilichbozlik federatsiyasi Dilorom Turdikulovani Vatanimiz sharafini Jahon sport arenalarida yuksak darajaga ko’tarilishiga o’z hissasini qo’shayotganini etirof etib, uni erishgan yutuqlari bilan tabriklaydi.

 

О’zbekistonlik xalqaro hakam Dilorom Turdikulova bilan suhbat

 

Xabaringiz bor kuni kecha Qilichbozlik xalqaro federatsiyasi FIE ning qaroriga asosan jahondagi kuchli hakamlar uchtaligi tarkibiga kiritildi. 

 

-  Dlorom trenerlik faoliyatingiz haqida to’xtalib o’tsangiz. 

- Hozirgi kunda trenerlik faoliyatimni Respublika Olimpiya va Paralimpiya turlariga tayyorlash markazi qilichbozlik bolimi bosh murabbiyiman. Bizning oliygohimizda qilichbozlik sporti bo’yicha 20 nafar sportchi va 4 nafar trener o’z ishini olib boradi. Shuningdek men O’zbekiston milliy terma jamoasi o’smirlar, kadetlar va yoshlar toifasidagi qizlarga hamda o’gil bolalarga yordamchi trenerman.

 

- Xalkaro hakamlik darajasini ilk bor nechanchi yilda qo‘lga kiritgansiz?

- Ilk bora xalqaro hakamlik birinchi litsenziyamni 2018-yil Tailanda qo’lga kiritganman. 

 

- Siz hakamlik qilgan eng yirik musobaqalar haqida so’zlab bersangiz. 

- Men yirik musobaqalardan Gran-Pri, Jahon kubogi, Satilit, Osiyo o’yinlari, Osiyo chempionatlari va eng katta Jahon chempionati kabi turnirlarning barcha final bahslarida hakamlikni olib borayapman.

 

- Оддий ўзбек аёли, икки нафар фарзанднинг онаси уй-рўзғор юмушларидан ортиб, узоқ хизмат сафарларида бўлиш қийин эмасми? Бу касбингизга бўлган фидойиликми?

- To’g’ri, ayol kishi uchun uy-ro’zg’or, farzandlardan uzoqda , safarda yurish o’zi bo’lmaydi, buning o’ziga yarasha qiyinchiligi bor. 

Otam har safar menga har safar: “Vatan senga nima bergani emas, sen Vatanga nima berding” degan naql bilan yashashing kerak derdilar. Shuning uchun mana shu Vatanni fidoyisi bo’lib, bayrog’imizni yuksaklarga ko’tarish uchun harakat qilib boryapman.

 

- Shunday yuksak darajaga erishganingiz bu albatta sizning mehnatingiz samarasi, lekin siz ko‘proq kimga minnatdorchilik bildirasiz?

- Avvalo Yurtboshimiz raxnamoligida mamlakatimizda sport sohasini yanada rivojlantirish, unda faoliyat olib borayotgan sportchi, trener xotin-qizlarga ko’rsatilayotgan alohida e’tibor yuqori marralarni zabt etishimizning asosiy negizini, tashkil etadi. 

Shu qatori mening ham yuqori natijalarga erishishim uchun trenerlik va hakamlikni baravar olib ketishimda har safar O’QF bosh kotibi Saidova Gulnora Tulkunovna, FIE Ijroi qo’mitasi a’zosi Vitaliy Nikolayevich Logvin,   ROPSTT Markazi direktori Mamadaliyev Abror Akbaraliyevichlar doim yonimda turib ko’mak va dalda berishadi. Ular “Siz kabi professonal milliy kadrlar bizga kerak, jahon sport arenalarida mamlakatimiz nufuzini yanada yuqori kotarishingiz kerak” deb menga ishonch bildirishgani bois mana shunday yaxshi natijalarga erishmoqdaman. Men atrofimdagi menga dalda bo’lib, hayrixoh bo’lgan barcha insonlardan minnatdorman. 

 

- Qiziqarli suhbat ichun raxmat. 

 

Suhbatni Muborakxon Yakubova olib bordi.