Xanchjou-2022: Zaynab Daybekova Osiyo O’yinlari bronza medaliga sazovor bo’ldi!

Xanchjou-2022: 
Zaynab Daybekova Osiyo O’yinlari bronza medaliga sazovor bo’ldi!


Qilichbozlik milliy terma jamoa a’zosi, delegatsiyamizning ikkinchi bayroqdori Zaynab Dayibekova Osiyo O’yinlari doirasidagi sablya boʻyicha yakkalik dasturidagi yarim finalda janubiy koreyalik Jisu Yung bilan bahs olub bordi. 

Bellashuv davomida har ikki sportchi keskin va murosasiz kurashdi. Biroq hamyurtimiz Zaynab kichik farq – 14:15 hisobida o’z raqibiga imkoniyatni boy berib qoʻydi va bronza medali bilan taqdirlandi.