Xanchjou-2022: Shpagachilarimiz dastlabki saralash janglaridan oʻtishdi

Xanchjou-2022: Shpagachilarimiz dastlabki saralash janglaridan oʻtishdi

Kun dasturiga muvofiq, shpagachi yigitlarimiz ham bahslarga kirishishdi. Guruh bosqichidan keyin Fayzulla Alimov va Javohir Nurmatov saralashning ilk davrasidan muvaffaqiyatli oʻtishdi. Birozdan keyin qilichbozlarimiz ishtirokida nimchorak final bahsi tashkil etiladi. 
Yoshlar siyosati va sport vaziri Adham Ikramov qilichbozlarimizni qo’llab-quvvatlash uchun tashrif buyurib, bellashuvlarni bevosita arenadan kuzatib bordi.