Xanchjou-2022: Qilichbozlik bo’yicha O’zbekiston terma jamoasi a’zosi, sablyada Osiyo chempioni Zaynab Dayibekova yarim finalda!

 Xanchjou-2022: Qilichbozlik bo’yicha O’zbekiston terma jamoasi a’zosi, sablyada Osiyo chempioni Zaynab Dayibekova yarim finalda!
Bayroqdorimiz Zaynab Dayibekova Osiyo oʻyinlarining yarim finaliga yoʻl oldi. Qilichbozlikning sablya dasturida ishtirok etayotgan sportchimiz 1/8 finalda yaponiyalik Shihomi Fukushimani 15:12, chorak finalda esa xitoylik Xengyu Yangni 15:12 hisobida magʻlubiyatga uchratishga muvaffaq boʻldi. Eslatib oʻtamiz, yarim final ishtirokchilari oʻzlari uchun bronza medalini kafolatlab qoʻyishadi. Ammo bayroqdorimizdan faqat oltin medal kutib qolamiz!