Xanchjou-2022: Qilichbozlarimiz ham yana bir medalni naqd qilishdi

Xanchjou-2022: Qilichbozlarimiz ham yana bir medalni naqd qilishdi

Osiyo oʻyinlaridan yana bir xushxabar. Shpagachi qizimiz Murzatayeva Dilnaz chorak final bellashuvida yaponiyalik Sato Nozomini 15:14 hisobida magʻlubiyatga uchratib, yarim final yoʻllanmasini qoʻlga kiritdi. Reglamentga koʻra, qilichbozlikda yarim finalda imkoniyatni boy bergan atletlar bronza medaliga ega boʻlishadi. Biroq biz Murzatayevadan final va chempionlikni kutib qolamiz. Yurtdoshimizning final ostonasidagi raqibi janubiy koreyalik Injeong Choi boʻladi.

Xanchjou-2022: Murzatayeva Dilnaz tarixiy medal

Shpagachi qizimiz  Murzatayeva Dilnaz Osiyo oʻyinlarida shohsupaga koʻtarilgan birinchi oʻzbekistonlik qilichbozga aylandi. 17 yoshli sportchimiz hozirgina yakunlangan yarim final jangida janubiy koreyalik Injeong Choiga imkoniyatni boy berib qoʻydi va bronza medali bilan kifoyalandi. Maʼlumot uchun, oʻzbekistonlik sportchilar qilichbozlik dasturida shu paytgacha biror marotaba shohsupaga koʻtarilmagan edi.