Iordaniyaning Amman shahrida 30-avgust – 1-sentabr kunlari qilichbozlikning rapira va shpaga yo’nalishlari bo‘yicha “Osiyo kubogi U-17” yoshlar toifasida reytingli turnir bo‘lib o‘tdi.

 

Iordaniyaning Amman shahrida 30-avgust – 1-sentabr kunlari qilichbozlikning rapira va shpaga yo’nalishlari bo‘yicha “Osiyo kubogi U-17” yoshlar toifasida reytingli turnir bo‘lib o‘tdi.
Mazkur nufuzli xalqaro turnirda O‘zbekistondan ilk vakil bo‘lgan mamlakatimiz yoshlar terma jamoasi a’zosi 14 yoshli Alimov Saidbilol munosib ishtirok etib, shpaga bo'yicha U-17 toifasida 
3-o'rin va bronza medalini 
qo‘lga kiritib, g‘oliblar qatoridan joy egalladi.
S.Alimov qilichbozlikning shpaga turida shug'ullanadi, 
u Markaziy Osiyo chempioni, xalqaro va Respublika turnirlarining ko‘p karra g‘olibi va sovrindori.
“Osiyo kubogi U-17” kadetlar siklining shpaga bo‘yicha bahsida hamyurtimiz S.Alimov finalga chiqish uchun Ummon vakiliga 10:7 hisobida imkoniyatni boy berdi. Ushbu musobaqada Makao, Saudiya Arabistoni, Ummon, Birlashgan Arab Amirliklari, Yaman, Bahrayn, Quvayt, Iordaniya va O‘zbekiston kabi davlatlardan ikki turdagi qurol (rapira, shpaga) bo‘yicha 80 nafardan ortiq qilichboz sportchilar ishtirok etdi.