Andijonda yosh qilichbozlarning mintaqaviy yig’ini o'tkazilmoqda

Andijonda yosh qilichbozlarning mintaqaviy yig’ini o'tkazilmoqda
14-28-may kunlari Andijondagi ixtisoslashtirilgan qilichbozlik zalida qilichbozlikning rapira va shpaga yo’nalishi bo‘yicha yosh qilichbozlar uchun o‘quv-mashg‘ulot yig‘ini bo‘lib o‘tmoqda.
Ushbu o‘quv-mashg‘ulot yig‘ini qilichbozlik sport turini joylarda yanada ommalashtirish, sportchilarning qilichbozlik va jangovar mahoratini oshirish, ularni viloyatlar terma jamoalariga saralash, iyun oyida Toshkentda bo‘lib o‘tadigan O’zbekiston chempionatiga puxta tayyorgarlik ko‘rish maqsadida tashkil etildi.
E’tiborlisi, mazkur O’YMda Asaka, Andijon, Qoʻqon, Fargʻona va Namangan shaharlaridan 70dan ortiq yosh sportchi- qilichbozlar ishtirok etmoqda. 
Ushbu o'quv mashg'ulotlar Andijonlik Rinat Semeneev, Diana Semeneeva,
Abdurahmonov Sarvar,
Muhammadxojiev Mirobid
Yoqubjonov Yoqubjon, shuningdek Qo'qon shahridan
Ziyaeva Gulmira, Farg'onadan
Ermakov Ildar va Hakimov Ahmadjon, Namangandan Sergey Durandin kabi mahoratli trenerlar tomonidan o’tkazilmoqda.