Tez vazn tashlashga imkon beruvchi Zumba haqida ma’lumotlar

Tez vazn tashlashga imkon beruvchi Zumba haqida ma’lumotlar

 
 

Zumba o’zida samba, salsa, bachata, kizomba, reggeton, flamenko, xip-xop va yana ko’p boshqa raqslardagi an’anaviy qadamlar bilan birga fitness hamda aerobika elementlarini birlashtiruvchi shiddatli mashg’ulotlar tizimini aks ettiradi. Oddiy mashg’ulotlar taxminan bir soat davom etadi, raqsning o’zi esa instruktor rahbarligida non-stop tarzida bajariladi. Zumba darslari o’zida salomatlik uchun juda katta jismoniy hamda ruhiy foyda zahiralarini ochib beradi.

 
 

Mashg’ulotlar bo’ksa, son, qorin kabi tananing o’ta muammoli qismlariga sezilarli darajada ijobiy ta’sir o’tkazadi. Bu dastur inson o’zini sarvqomat ko’rinishga keltirish, ortiqcha vaznni yo’qotish bilan birga qaytadan ortiqcha semirib ketishning oldini oladi.

 
 

Bundan tashqari, zumba  barcha mushaklar guruhlarini ishga soladigan a’lo darajadagi sport mashg’ulotidir. Mashg’ulotlar olib borilayotgan paytdagi tez va shiddatli mashqlar mushaklardagi turg’unlik holatining oldini olib, qomatni rostlaydi, chiroyli va chaqqon qadam tashlashni shakllantirishga yordam beradi. Doimiy ravishdagi mashg’ulotlar badanni tetik holatda tutish, mushaklarni mustaxkamlash imkonini yaratadi.

 
 

Shiddatli mashg’ulotlarga jiddiy yondashish insonning barcha organlari, shu jumladan, yurak qon-tomir va nafas olish tizimi uchun mislsiz darajada foydalidir. Mashqlar qon aylanishini sezilarli darajada kuchaytiradi, bu esa, o’z navbatida, butun organizmning faoliyatiga ijobiy ta’sir ko’rsatmay qolmaydi.