Xorazm viloyatida ommaviy jismoniy tarbiya tadbirlari oʻtkazilmoqda

Xorazm viloyatida ommaviy jismoniy tarbiya tadbirlari oʻtkazilmoqda

 

Dam olish kunlarida Xorazm viloyati Qoʻshkoʻpir tumanida Jismoniy tarbiya va sport boʻlimi tashabbusi bilan ertalabki badantarbiya mashqlari hamda “Sogʻlom hayot uchun 5000 qadam” loyihasi doirasida ommaviy yurish tadbirlari tashkil qilindi.

Ommaviy sport tadbirlarida tumandagi korxona, tashkilot va muassasalarning 150 nafarga yaqin ishchi xodimlari ishtirok etdi. Tadbir doirasida xotin-qizlar ishtirokida badminton, stol tennisi va shaxmat sport turlari boʻyicha musobaqalar ham tashkil qilindi.

Shuningdek, tumanda joriy yilning 12-18-oktyabr kunlari tashkil qilinishi belgilangan “Salomatlik haftaligi” doirasida sportning oʻyin turlari boʻyicha tuman hokimi kubogi musobaqalari, Milliy sport oʻyinlari festivali, Xotin-qizlar spartakiadasi kabi koʻplab ommaviy sport tadbirlarini tashkil qilish rejalashtirilgan.