Namanganda ommaviy tadbir: Nafas mashqlari va badantarbiya – sogʻlom hayot sari qadam

Namanganda ommaviy tadbir: Nafas mashqlari va badantarbiya – sogʻlom hayot sari qadam

 

Bugun Namangan shahridagi “Yosh kuch” oʻyingohida, viloyat jismoniy tarbiya va sport boshqarmasi, Namangan shahar xalq taʼlimi boʻlimi, Namangan shahar kasaba uyushmalari kengashi, maktabgacha taʼlim muassasalari boʻlimi hamkorligida taʼlim, fan va madaniyat xodimlari shahar kengashi raisi, sport fidoyisi marhuma Muxayyo Gapparovaning porloq xotirasiga bagʻishlangan “Nafas mashqlari va badantarbiya – sogʻlom hayot sari qadam” shiori ostida ommaviy sport tadbiri oʻtkazildi.

Mazkur ommaviy sport tadbirida Namangan shahridagi umumtaʼlim maktablarining jismoniy tarbiya oʻqituvchilari, maktabgacha taʼlim muassasalarining sport yoʻriqchilari, bolalar oʻsmirlar sport maktablari, ixtisoslashtirilgan bolalar oʻsmirlar sport maktablarining yoʻriqchi uslubchilari, tibbiyot xodimlari va keng jamoatchilik hamda ommaviy axborot vositalari vakillari ishtirok etishdi.

Tadbir soʻnggida faol ishtirok etganlarga tashkilotchilar tomonidan esdalik sovgʻalari taqdim etildi.

Jismoniy tarbiya va sport vazirligi
Matbuot xizmati