Olimpiada qoldirildi, lekin mashgʻulotlar emas...

Olimpiada qoldirildi, lekin mashgʻulotlar emas...

 

Xabaringiz bor, kuni kecha ijtimoiy tarmoqlar orqali Tokio-2020 Olimpiadasi bir yilga kechiktirilishi haqidagi xabarlar keng tarqaldi.

Biroq, Olimpiada oʻyinlarining qoldirilishi sport hayoti ham toʻxtadi, degani emas. Garchi, toʻrt yillikning eng nufuzli musobaqasi kechiktirilgan boʻlsa-da, sport turlari boʻyicha jahon va qitʼa chempionatlari, Xalqaro gran-pri turnirlari, qolaversa litsenzion musobaqalar vaqti-soati bilan yana davom ettiriladi. Shunday ekan, mashgʻulotlar ham davom etadi.

Jumladan, dzyudo boʻyicha Oʻzbekiston kattalar terma jamoasi avvaldan rejalashtirilgan oʻquv-mashgʻulot yigʻinini bosh murabbiy Ilias Iliadis rahbarligida Toshkent viloyati Boʻstonliq tumanida joylashgan “Xumson“ sihatgohida olib borishmoqda. Sportchilarning salomatligi esa shifokorlar Javlon Hasanov va Aziz Qayumovlarning doimiy nazoratida.

Yigʻinga quyidagi sportchilar jalb etilgan:

1. Sharofiddin Lutfullayev
2. Kemran Nurillayev
3. Sardor Nurillayev
4. Muhriddin Tilovov
5. Hikmatulloh Toʻrayev
6. Gʻiyosjon Boboyev
7. Shahram Ahadov
8. Sharofiddin Boltaboyev
9. Kamoliddin Rasulov
10. Davlat Bobonov
11. Muhammadkarim Hurramov
12. Bekmurod Oltiboyev
13. Alisher Yusupov
14. Gulnoza Matniyazova
15. Diyora Keldiyorova
16. Nodira Yoʻldosheva.

Jismoniy tarbiya va sport vazirligi
Matbuot xizmati