O‘zbekiston qilichbozlik terma jamoasi JK bosqichida kumush medalni qo‘lga kiritdi
O‘zbekiston qilichbozlik terma jamoasi JK bosqichida kumush medalni qo‘lga kiritdi
Avval xabar qilinganidek, 2024 yil 01-03 noyabr kunlari qilichbozlikning sablya yo’nalishi bo'yicha O'zbekiston milliy terma jamoasi (qizlar) tarkibi: Jaksibayeva Nargiza,
Errera Lara Luiza Fernanda, Jumamuratova Ayakoz, Perdebaeva Gulistan va Shokirova Samira Pusan shahrida (Koreya) bo‘lib o‘tgan jahon Kubogi bosqichida ishtirok etishdi.
Shu tariqa, jamoaviy bahslarning murosasiz kechgan bellashuvlarida qilichbozlarimiz o’z raqiblarini mag‘lubiyatga uchratib, hal qiluvchi bahsda kuch sinashdi.
Yarim finalda O‘zbekiston terma jamoasi Gonkong jamoasini 45:43 hisobida mag‘lub etdi. Biroq final bahsida Koreya terma jamoasiga imkoniyatni boy berdi. Hisob 45:39.
Albatta, jahonning kuchli sablyachi qizlar jamoalari orasida hamyurtlarimiz o‘z ustunligini ko‘rsatib, JKning kumush medalini qo‘lga kiritganini alohida ta’kidlash joiz.