Sablyachi qizimimiz Gulistan Perdibayeva JK bosqichi sovrindori
Sablyachi qizimimiz Gulistan Perdibayeva JK bosqichi sovrindori
Koreya Respublikasining Pusan shahrida qilichbozlikning sablya yoʻnalishi boʻyicha yoshlar oʻrtasidagi Jahon kubogi bosqichi boshlandi. Bugun qizlar oʻrtasida oʻtkazilayotgan musobaqada yakkalik yoʻnalishida gʻolib va sovrindorlar aniqlab olindi.
Quvonarlisi, hamyurtimiz Gulistan Perdibayeva bronza medalini qoʻlga kiritdi. Yarim finalgacha muvaffaqiyatli ishtirok etgan Xanchjou-2022 yozgi Osiyo oʻyinlari gʻolibi final ostonasida yoshlar oʻrtasidagi jahon chempioni xitoylik Simao Panga 14:15 hisobida imkoniyatni boy berdi va uchinchi oʻrinni egalladi. Tabriklaymiz! Shuningdik qizlarimizga JK bosqichi jamoaviy dasturida ham yorqin g’alaba va muvaffaqitlar tilaymuz!