Qilichbozlik bo'yicha yoshlar o'rtasida U-23 O'zbekiston Kubogiga start berildi
Qilichbozlik bo'yicha yoshlar o'rtasida U-23 O'zbekiston Kubogiga start berildi
O'zbekiston Respublikasi Sport vazirligining Sport va ommaviy jismoniy
tarbiya tadbirlarining 2024-yil uchun respublika kalendar rejasiga muvofiq 13-18 sentabr kunlari poytaxtimizda qilichbozlik bo'yicha 23 yoshgacha bo'lgan yigitlar va qiz bolalar o'rtasida respublika Kubogi bo'lib o'tadi.
Musobaqa doirasida bugun Paxtakor qilichbozlik zalida shpaga yo'nalishidagi bahslarga start berildi.
Ta’kidlash joizki mazkur musobaqada mamlakatimizning turli viloyatlari hamda Qoraqalpog'ston Resublikasi va Toshkent shahridan jami 100 nafarga yaqin sportchilar Respublika birinchiligi uchun kurash olib bormoqda.
Musobaqada bellashayotgan barcha qilichbozlarga g'alaba va omad tilaymiz!