“30 iyun - O‘zbekistonda Yoshlar kuni”
O’zbekiston qilichbozlik federatsiyasi “30 iyun - O‘zbekistonda Yoshlar kuni” munosabati bilan barcha sportchi va yosh trenerlar, hakamlarni tabriklaydi!
Hurmatli yoshlar, bugun siz har sohada jonajon Vatanimiz ravnaqi va rivoji yo’lida, xalqimizning farovon hayotini barpo etuvchi porloq kelajagimiz yaratuvchilarisiz. Yoslarimiz orasida qilichbozlik sportida yirik jahon sport arenalarida O’zbekiston dovrug’ini dunyoga tanitayotgan, mamlakatimiz bayrog’ini baland ko’tarib, madhiyamiz yangrashi uchun g’alaba qozonayotgan kuchli sportchilar borligini e’tirof etamiz.
Yoshlarimizga mustahkam sog’lik, ezgu maqsadlarining amalga oshishini tilaymiz!