Qoraqalpog’iston va Jizzax terma jamoalari «U-23»-O’zCh oltin medali sohibi

Qoraqalpog’iston va Jizzax terma jamoalari «U-23»-O’zCh oltin medali sohibi
Jizzax shahrida o’tkazilgan qilichbozlik bo‘yicha “U-23” O‘zbekiston chempionati respublikamiz mintaqalari terma jamoalari o‘rtasida bo’lib o’tgan sablya bo’yicha jamoaviy bahslar bilan yakunlandi.
Qizg’in va murosasiz kechgan bellashuvlarda ayollar jamoalari o‘rtasida Jizzax terma jamoasi, shuningdek Qoraqalpog’iston erkaklar terma jamoasi eng yaxahi natijalarni ko’rsatib, oltin medallar bilan taqdirlandi.
Yakunda quyidagi terma jamoalar chempionatning g’olib va sovrindorlari bo’ldi.  
 Qizlar:
1. Jizzax 
2. Qoraqalpog’iston 1
3. Toshkent-Milliy club
3. Qoraqalpog’iston 2
O’g’il bolalar:
1. Qoraqalpog’iston 1
2. Toshkent viloyati
3. Toshkent 1
3. Qoraqalpog’iston 2