Buxoro va Andijon terma jamoalari O’zCh “U-23” oltin medali sohibi bo‘ldi

Buxoro va Andijon terma jamoalari O’zCh  “U-23” oltin medali sohibi bo‘ldi
Bugun Jizzaxda o’tkazilayotgan qilichbozlik bo‘yicha “U-23” O‘zbekiston chempionati doirasida respublikamiz terma jamoalari o‘rtasida jamoaviy bahslar bo‘lib o‘tdi.
Shpaga bo‘yicha jamoaviy bellashuvlar natijalariga ko‘ra vodiy jamoalari eng kuchli deb topildi.
Shunday qilib, ayollar jamoalari o‘rtasida Buxoro terma jamoasi, shuningdek Andijon erkaklar terma jamoasi oltin medallar bilan taqdirlandi.
 Qizlar:
1. Buxoro 1
2. Buxoro 2
3. Andijon 1
3. ROPSTTM
O'g'il bolalar:
1. Andijon 1
2. Andijon 2
3. Buxoro 1
3. ROPSTTM