ilichbozlik bo’yicha «U-23» O‘zCh doirasida shpaga yo’nalishi bo’yicha g’oliblar aniqlandi

ilichbozlik bo’yicha «U-23» O‘zCh doirasida shpaga yo’nalishi bo’yicha g’oliblar aniqlandi
Bugun Jizzaх viloyatida o‘tkazilinayotgan qilichbozlik bo‘yicha o‘smirlar o’rtasidagi 23 yoshgacha bo’lgan sportchilar ortasidagi O‘zbekiston chempionati doirasida shpaga yo’nalishida yakkalik bahslari bo’lib o’tdi. 
Unda mamlakatimizning turli hududlaridan tashrif buyurgan jami 75 nafarga yaqin (shundan qizlar 23 nafar) sportchilar ishtirok etdi. 
Juda ham qiziqarli va murosasiz kechgan bahslarda yigitlar orasidan andijonlik Muminov Mirzoulugbek va qizlar bellashuvida buxorolik Zubaydulloyeva Marjona mamlakatimiz chempionligini qo’lga kiritdi. 
Yakuniy natijalar;
O’g’il bolalar:
1. Muminov Mirzoulugbek - Andijon
2. Turishev Iskander - ROPSTTM
3. Muminov Nurmuxammad - MVSK
3. Anvarjonov Axror - 
AOPSTTM
Qizlar:
1. Zubaydulloyeva Marjona -Buxoro
2. Xamidova Aziza -Buxoro
3. Oydinova Sevinch - ROPSTTM
3. Zubaydilloeva Marvarid - Buxoro
Barcha g’olib va sovrindor sportchilar hamda ularning trenerlarini tabriklaymiz!