Sablyachi yigitlarimiz jahonda O’zbekuston yoshlar terma jamoasi eng kuchli jamoa ekanligini isbotlashdi

Sablyachi yigitlarimiz jahonda O’zbekuston yoshlar terma jamoasi  eng kuchli jamoa ekanligini isbotlashdi
Antaliyada sablya bo‘yicha yoshlar o‘rtasida o’tkazilgan Jahon Kubogi jamoaviy dasturida sablyachi yigitlarimiz terma jamoasi eng kuchli raqib jamoalarni dog’da qoldirib turnirning oltin medaliga sazovor bo’ldi. Yigitlarimiz - Abdazov Islombek, Abdukarimbekov Sardor, Dauletnazarov Azizbek, Qodirov Zuhriddin final bellashuvda Turkiya terma jamoasi bilan bahs olib bordi. 
Ahamiyatli jixati, juda ham keskin va qaltis vaziyatda terma jamoamiz a’zosi Zuhriddin Qodirov bor kuch va mahoratini ishga soldi va jamoaga qimmmatli hamda kerakli ochkolarni taqdim etdi. Natijada u hisobni 44:44ga tenglashtirdi.
Quvonarlisi, Zuhriddin o’z raqibiga hal qiluvchi zarbani ham urdi va O’zbekiston terma jamoasi 45:44 hisobida g’alaba qozondi.
Yakuniy natija:
1O‘zbekiston
2Turkiya
3Ruminiya
Eslatib o‘tamiz, jamoaviy dasturda O‘zbekiston sablyachi qizlar terma jamoasi ham oltin medal va Jahon Kubogini qo‘lga kiritdi.