O’zK: Rapira bo’yicha yakkalik musobaqasi g’oliblari aniqlandi

O’zK: Rapira bo’yicha yakkalik musobaqasi g’oliblari aniqlandi

Ayni kunlarda Toshkentda o’tkazilayotgan O’zbekiston Kubogi doirasida qilichbozlikning rapira yo’nalishida o’smirlar o’rtasidagi musobaqada qariyb 100 nafar atletlar g’oliblik uchun bellashdi. 

Qizg’in va murosasiz kechgan bahslarda Farg’ona Olimpia va paralimpia sport turlariga tayyorlash markazi sportchisi Jamoliddin Maripjonov va qizlar orasida Toshkentlik Asal Karimova oltin medalga sazovor bo’ldi. 

Yakuniy natijalar; O’smirlar (kadet):

O'g'il bolalar (55 nafar)

1. Maripjonov Jamoliddin – Farg‘ona OPSTTM

2. Muxamedov Azamat - Toshkent

3. Raxmanov Sulaymon - Milliy klub

3. Atabekov Amirbek-Toshkent

Qizlar (44 nafar)

1. Karimova Asal - Toshkent 

2. Robiya Iminova -Farg‘ona OPSTTM

3. Adashalieva Sabina - Toshkent

3. Normamatova Shabnam-Toshkent